Bugun
6
O'zbek

Keyn bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha tarixdagi ikkinchi natijani qayd etdi

Futbol
1 iyul, 17:39
Angliyalik hujumchi klub va milliy jamoa safida mavsum davomida 70 ta gol urishga erishdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Keyn bir mavsumda urilgan gollar soni bo‘yicha tarixdagi ikkinchi natijani qayd etdi
Foto: Getty Images
01.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Angliya Angliya 2 : 1 Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi

Angliya milliy jamoasi hujumchisi Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DRga qarshi bahsdagi dubli evaziga 2025/26 yilgi mavsumda klub va milliy jamoa safidagi gollari sonini 70 taga yetkazdi.

Shu tariqa, «Bavariya» forvardi bir mavsum davomida klub va milliy jamoa safida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida tarixdagi ikkinchi natijani qayd etdi.

Bu borada undan faqat Lionel Messi oldinda. Argentinalik afsona 2011/12 yilgi mavsumda «Barselona» va Argentina terma jamoasi safida 82 ta gol urgan.

Reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:

  1. Lionel Messi (2011/12, «Barselona» va Argentina) — 82 gol;
  2. Harri Keyn (2025/26, «Bavariya» va Angliya) — 70 gol;
  3. Lionel Messi (2012/13, «Barselona» va Argentina) — 69 gol;
  4. Krishtianu Ronaldu (2011/12, «Real» va Portugaliya) — 69 gol;
  5. Krishtianu Ronaldu (2014/15, «Real» va Portugaliya) — 69 gol.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn JCH-2026 1/16 finalida Kongo DR darvozasiga ikkita gol urib, Angliyaga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Ma'lumot uchun, Keyn JCH-2026 to‘purarlar poygasida 5 ta gol bilan Lionel Messi va Kilian Mbappedan keyingi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Kongo Demokratik Respublikasi Kongo Demokratik Respublikasi
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar