Bugun
6
O'zbek

"Shtutgart" Al Hannusni "Lester"dan sotib oldi

Futbol
1 iyul, 17:45
Marokashlik futbolchi to'liq nemis klubi a'zosiga aylandi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
"Shtutgart" Al Hannusni "Lester"dan sotib oldi
Foto: Getty Images

Bilol Al Hannus to'liq "Shtutgart" futbolchisiga aylandi.

"Lester" 22 yoshli yarimhimoyachini nemis klubiga sotdi. Transfer qiymati 25 million yevro va bonuslardan iborat bo'ladi.

Marokashlik futbolchi yakunlangan mavsumni nemis klubida ijarada o'tkazib, Bundesligada 25 o'yinda 4 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.

Al Hannus "Genk" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi va o'z vaqtida ingliz klubiga aynan belgiya safidan o'tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shtutgart Shtutgart
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar