Live
1
O'zbek

Kimmix: «Maqsadimiz Germaniyani munosib himoya qilish edi, ammo yana muvaffaqiyatsizlikka uchradik»

Futbol
1 iyul, 18:40
Germaniya sardori JCH-2026dagi muvaffaqiyatsizlik haqida ta'sirli fikrlarini bildirdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kimmix: «Maqsadimiz Germaniyani munosib himoya qilish edi, ammo yana muvaffaqiyatsizlikka uchradik»
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi sardori Yozua Kimmix JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga mag‘lub bo‘lgach (1:1, penaltilar — 3:4), ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlislarga murojaat qildi.

«Hozir o‘zimni butunlay bo‘shashib qolgandek his qilyapman va umuman gapirgim kelmayapti. Ammo bunday vaziyatlarga duch kelish ham ishimizning bir qismi.

Biz birgalikda muvaffaqiyatli Jahon chempionatini o‘tkazishni, Germaniyani munosib himoya qilishni va mamlakatimizning ijobiy rivojiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishni rejalashtirgandik. Ammo yana muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Bu meni ich-ichimdan yemirmoqda.

Ushbu jamoa sardori ekanimdan qanchalik faxrlanmayin va jamoani bu turnirga olib chiqish men uchun qanchalik muhim bo‘lmasin, yakunidan ko‘nglim shunchalik qattiq og‘ridi.

Men hech qachon taslim bo‘lmaganman. Ammo bu safar o‘zimni tiklab olish uchun bir necha kundan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi.

Bizga ishongan va qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat. Sizlarga va o‘zimizga bundan-da ko‘prog‘ini taqdim etishni istagandik», — deb yozdi Kimmix.

Eslatib o‘tamiz, Germaniya JCH-2026 1/16 finalida Paragvayga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.

Ma'lumot uchun, Yozua Kimmix 2024 yildan buyon Germaniya milliy jamoasi sardori hisoblanadi va jamoa safida 114 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar