«Tottenhem» «Bornmut» vingeri Eli Junior Krupini yozgi transfer oynasidagi ustuvor nomzodlar ro‘yxatiga kiritdi.
Independent nashri xabariga ko‘ra, London klubi rahbariyati so‘nggi mavsumlardagi beqaror o‘yinlardan keyin hujum chizig‘ini jiddiy kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 20 yoshli futbolchi qanot hujumlarini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin bo‘lgan nomzod sifatida ko‘rilmoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, «Bornmut» Krupini kamida 93 million yevroga baholamoqda va uni faqat juda katta taklif evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Eli Junior Krupiga «Arsenal» va «PSJ» ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, bir nechta top-klublarning qiziqishi sabab 20 yoshli vinger uchun kurash yozgi transfer oynasining eng e'tiborli transferlaridan biriga aylanishi mumkin.