Bugun
51
O'zbek

«Tottenhem» Gakpo bo'yicha muzokaralarni faol olib bormoqda

Futbol
20 avgust, 01:19
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Kodining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.
«Tottenhem» Gakpo bo'yicha muzokaralarni faol olib bormoqda
Фото: Getty Images

«Tottenhem» klubi «Liverpul» bilan hujumchi Kodi Gakpo bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko'ra, tomonlar o'rtasida hech qanday kelishuv amalga oshmagan. Shunga qaramay, «taqachilar» muzokaralarni faol tarzda olib bormoqda.

Qayd etilishicha, 28 yoshli futbolchining o'zi ham «Tottenhem»ga o'tishga ijobiy munosabatda. Endilikda klublar futbolchining qiymati bo'yicha kelishuvga erishishlari kerak.

O'tgan mavsumda Gakpo barcha turnirlar doirasida 52 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, Kodining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar