«Manchester Siti» ikki futbolchisini «Tottenhem»ga jami 150 million funt sterlingga sotishi mumkin. Bu haqida The Athletic xabar berdi.
London klubi 22 yoshli vinger Savio va 27 yoshli hujumchi Omar Marmush transferlari ustida ish olib bormoqda. Tomonlar oʻrtasidagi muzokaralar ancha muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Qayd etilishicha, «shaharliklar» braziliyalik va misrlik futbolchilar uchun 150 million funt sterling talab qilmoqda. Manchester klubi ayni vaqtda har ikki futbolchini sotishga tayyor.
Avvalroq «Manchester Siti» Rodri «Barselona»ga sotilganidan soʻng Buaddi transferini yakunlamoqchi ekanligi ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi