Live
1
O'zbek

«Man Siti» Rodri «Barsa»ga sotilganidan so‘ng Buaddi transferini yakunlamoqchi

Futbol
18 avgust, 02:50
18 yoshli futbolchi jamoaga shu yozda qo'shilishi kutilmoqda.
«Man Siti» Rodri «Barsa»ga sotilganidan so‘ng Buaddi transferini yakunlamoqchi
Foto: Getty Images

"Manchester Siti" "Lill" yarimhimoyachisi Ayub Buaddi transferini Rodrining "Barselona"ga sotilganidan so'ng yakunlashga tayyorlanmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

18 yoshli futbolchi jamoaga shu yozda qo'shilishi kutilmoqda. Uning transferi 2027 yilga qoldirilmaydi.

Ma'lumot o'rnida, Ayub "Lill" asosiy jamoasi safida 96 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta assist amalga oshirgan.

2026 yilgi jahon chempionatida esa yarimhimoyachi Marokash milliy jamoasi safida 5 ta o'yinda ishtirok etdi va ularning barchasini asosiy tarkibda boshladi.

Avvalroq "Manchester Siti" futbolchi bilan shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Lille Lille
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar