"Chelsi" "Manchester Siti"ga argentinalik yarimhimoyachi Enzo Fernandesni 164 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qildi. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Fernandes hamon "shaharliklar" safiga ko'chib o'tish niyatida. Biroq transferni amalga oshirish uchun futbolchining o'zi tashabbus ko'rsatmaydi.
"Manchester Siti" esa Enzoni sotib olish variantini ko'rib chiqishdan oldin o'z futbolchilaridan birini sotishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot o'rnida, 25 yoshli yarimhimoyachi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Mareska Enzo Fernandesni "Manchester Siti"da ko'rishni istayotgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi