Mamlakatimiz futzal jamoatchiligi katta qiziqish bilan kutayotgan lahzalar yaqinlashmoqda.
Bugun O‘zbekiston futzal federatsiyasi anjumanlar zalida mamlakat XXX milliy chempionati — Oliy liga bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda muxlislar va mutaxassislar yangi mavsumda sevimli jamoalari o‘zaro bahslarga qanday tartibda kirishishini bilib olishadi.
Toshkent vaqti bilan 15:00da start olishi reja qilingan qur’a tashlash marosimini O‘FFning YouTube kanali orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin bo‘ladi.
