"Manchester Siti" Savio "Tottenhem" klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "taqachilar" braziliyalik 22 yoshli futbolchi bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Savioning o'zi ham "Tottenhem"ga o'tishni juda istamoqda va transfer imkon qadar tezroq amalga oshishini xohlamoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi bilan muzokaralarda "Tottenhem" bosh murabbiyi Roberto De Zerbi muhim rol o'ynagan. Mutaxassis Savioni London klubi loyihasiga ishontirishga muvaffaq bo'lgan.
Savio o'tgan mavsumda "shaharliklar" safida barcha turnirlar doirasida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.