“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya superkubogi doirasidagi “Manchester Siti”ga (3:0) qarshi bahsdan keyin oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Mavsum boshidayoq juda yaxshi o'yin bo'ldi. Shunday yuqori darajada o'ynash, biz ko'rsatgan xohish va futbolchilarning reaksiyasi — bularning barchasi menda katta taassurot qoldirdi. Men futbolchilarga ularning bugungi o'yini menga juda yoqqanini aytdim.
Bir oz hayron qoldim, chunki mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida tarkibimiz uch xil guruhga bo'lindi. Sakkiz yoki to'qqiz nafar futbolchi atigi besh kun oldin yetib keldi, testlardan o'tdi va ikki kun mashg'ulot o'tkazdi. Shunday sharoitda ularning bugungi o'yini haqiqatan ham hayratlanarli. Bu futbolchilarning qanchalik katta istak bilan o'ynayotganini, bizdagi xohish va mahorat darajasi qanchalik yuqori ekanini ko'rsatadi.
Tsolis jamoaga yaxshi moslashdi, uning o'yinni tushunish darajasi... Menimcha, u boshqalar shoshilib qaror chiqarishi mumkin bo'lgan vaziyatlarda ham ko'plab to'g'ri qarorlar qabul qiladi. U juda aqlli va aniq harakat qiladi. Bugun maydonning tor hududlarida ham u to'g'ri qarorlar qabul qildi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Bizda juda kuchli yarimhimoya bor. Yildan yilga sifatni oshirib keldik va hozir tarkibimizda ko'plab yetakchilar bor. Turli xususiyatlarga ega futbolchilarimiz ko'p, ammo ular birgalikda o'ynab, juda kuchli jamoa bo'la oladi", — dedi ispaniyalik mutaxassis TNT Sports efirida.
Arteta: "O'yinimizdan hayratdaman. Bizda juda kuchli yarimhimoya bor"
Futbol
16 avgust, 18:04
"Arsenal" bosh murabbiyi Angliya superkubogidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Foto: Getty Images