Live
9
O'zbek

Edegor: "Ajoyib futbol namoyish etdik. Barcha sovrinlarni yutmoqchimiz"

Futbol
16 avgust, 14:18
"Arsenal" sardori Angliya superkubogidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Edegor: "Ajoyib futbol namoyish etdik. Barcha sovrinlarni yutmoqchimiz"
Foto: Getty Images

"Arsenal" sardori Martin Edegor jamoasining Angliya superkubogidagi o'yinini yuqori baholadi.

Londonliklar sovrin uchun bahsda “Manchester Siti”ni 3:0 hisobida magʻlub etdi.

"Biz ajoyib futbol namoyish etdik. Mavsumni zo'r o'yin va ajoyib start bilan boshladik.

Men har doim gol urish va assistlar amalga oshirish orqali jamoaga imkon qadar ko'proq yordam berishni xohlayman. Ko'proq gol urishni istayman.

Bugun o'z darajamizni ko'rsatdik. Tayyor ekanimizni isbotladik. Jiddiy kayfiyatdamiz va chempionlikni yana takrorlashni xohlaymiz. Kurashishni, yana shunday natija qayd etishni istaymiz. Buning qanchalik ajoyib ekanini his qilganingizda, uni yana takrorlashni xohlaysiz.

Barcha sovrinlarni qo'lga kiritishni xohlaymiz"
, — dedi norvegiyalik futbolchi TNT Sports nashriga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Superkubogi Angliya Superkubogi
Bugungi yangiliklar