Angliya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager «Arsenal» Mayls Lyuis-Skelli bilan xayrlashmasligi kerak, deb hisoblaydi.
19 yoshli futbolchi chap qanot himoyachisi va yarimhimoyachi sifatida o‘ynay oladi. Avvalroq u «Arsenal»ni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
«Men «Arsenal» u bilan xayrlashish haqida hatto o‘ylab ko‘rishiga ham ishonmayman. Uning salohiyati nihoyatda yuqori — uning shu yoshida nimalarga erishganiga qarashning o‘zi kifoya. Faqat chinakamiga alohida iqtidor egasi bo‘lgan futbolchigina bunday yoshda shu darajada o‘ynay oladi», — dedi Karrager The Overlap podkastida.
Ma'lumot uchun, Lyuis-Skellining «Arsenal» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.