Live
9
O'zbek

Flik «Barselona»ning yangi futbolchisidan mamnun

Futbol
16 avgust, 11:45
Angliyalik vinger mavsumoldi mashg‘ulotlariga qaytganidan so‘ng bosh murabbiy Hans-Diter Flikning e’tiborini tortdi.
Flik «Barselona»ning yangi futbolchisidan mamnun
Foto: Getty Images

«Barselona» vingeri Entoni Gordon bosh murabbiy Hans-Diter Flikni o‘zining jismoniy holati va jamoaga moslashuvi bilan hayratda qoldirdi.

Barca Universal xabariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi ta’tildan bir hafta avval qaytgan. Gordon «Barselona» ixtiyoriga a’lo jismoniy holatda kelgan, jamoaga tezda moslashgan va murabbiylar shtabining talablarini yaxshi o‘zlashtirgan.

Gordonning bu jihatlari Flik boshchiligidagi murabbiylar shtabida ijobiy taassurot qoldirgan.

«Barselona» angliyalik futbolchini «Nyukasl»dan 70 million yevroga sotib olgan. Transfer haqida may oyining oxirida rasman e’lon qilingan.

Gordon yozda Angliya milliy jamoasi safida JCH-2026ning 6 ta bahsida qatnashib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar