«Marsel» «Vest Hem» himoyachisi Jan-Kler Todibo transferini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni faollashtirdi. Foot Mercato xabariga ko‘ra, tomonlar futbolchining shaxsiy shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan.
Endi «Marsel» 26 yoshli markaziy himoyachining transferi bo‘yicha «Vest Hem» bilan muzokara olib borishi kerak. Fransuz klubining asosiy vazifasi — ingliz jamoasi bilan transfer summasi borasida kelishish.
Todibo o‘tgan klub mavsumida barcha turnirlarda 25 ta bahsda maydonga tushdi.
Fransiyalik futbolchi faoliyati davomida «Tuluza», «Barselona», «Shalke-04», «Benfika» va «Nitsa» klublari safida ham to‘p tepgan.
Eslatib o‘tamiz, Todibo 2024 yilda «Nitsa»dan «Vest Hem»ga o‘tgan va keyinchalik transfer doimiy asosda rasmiylashtirilgan.