Turkiya chempionatida 1-tur bahslari davom etmoqda.
«Bashakshehir» klubi mavsumni o‘z maydonida «Kojaelispor»ga qarshi o‘yin bilan boshlab, ishonchli g‘alabaga erishdi.
E’tiborliysi, istanbulliklar safida O‘zbekiston milliy jamoasining ikki futbolchisi ham asosiy tarkibda maydonga tushdi va samarali harakat qayd etishdi. Abbos Fayzullayev jamoasining birinchi to‘piga assistentlik qilgan bo‘lsa, Eldor Shomurodov ikkinchi golga mualliflik qildi.
Turkiya Superligasi. 1-tur
Bashakshehir — Kojaelispor 2:0
16 avgust, Fotih Terim nomidagi stadion
Gollar: Operi (14), Shomurodov (72).
Bashakshehir — Shengazer, Shahiner, Bayram, Opoku, Operi, Kemen, Kalujinski (Ergun, 89), Skov Olsen (Gureler, 89), Shomurodov (Zelke, 75), Fayzullayev (Sari, 63), Bertug (Bozok, 75).
Turkiya Superligasi. «Bashakshehir» mavsumni g‘alaba bilan boshladi, Eldordan gol, Abbosdan assist
Futbol
16 avgust, 13:56
O‘zbekistonlik futbolchilar asosiy tarkibda maydonga tushib, ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi.
Foto: Istanbul Basaksehir
16.08.2026
FT
Turkiya Superligasi
Istanbul Bashakshahar
2
:
0
Kocaelispor
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi