Dushan Vlahovich "Beshiktosh"ga o'tdi.
Turkiya klubi serbiyalik 26 yoshli hujumchi bilan muzokaralarda kelishuvga erishganini ma'lum qildi.
Avvalroq tomonlar 3 yillik shartnoma bo'yicha kelishib olgani xabar qilingandi.
Vlahovich "Yuventus"ni tark etganidan so'ng erkin agent maqomida edi. U o'tgan mavsumda A Seriyada 19 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgani va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgani ma'lum.
Hujumchi faoliyati davomida "Partizan" va "Fiorentina" klublarida ham harakat qilgan.
Vlahovich "Beshiktosh"ga o'tdi
Futbol
12 avgust, 12:40
"Yuventus"ni tark etgan serbiyalik hujumchi faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi