«Latsio» «Inter» bilan yarimhimoyachi Davide Frattezi transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi.
Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Rim klubi italiyalikni million yevro evaziga ijaraga oladi. Kelishuvda shu bilan birga 14 mln yevro evaziga futbolchini to‘laqonli transfer qilish bo‘yicha maxsus band bor. Ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda bu band avtomatik ravishda kuchga kiradi. Frattezi o‘zi ham «Latsio» bilan shartnoma borasida kelishib olgan.
26 yoshli markaziy yarimhimoyachi milanliklar safida 2024-yildan buyon to‘p tepib keladi. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan, transfer narxi esa 22 million yevroga baholanmoqda.