Bugun
7
O'zbek

Balogun «Tottenhem»ga o‘tishga rozi bo‘ldi

Futbol
12 avgust, 08:49
Amerikalik forvard faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
Balogun «Tottenhem»ga o‘tishga rozi bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Monako» klubining amerikalik hujumchisi Folarin Balogun faoliyatini «Tottenhem»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi London klubiga o‘tishga allaqachon rozilik bergan. Ta’kidlanishicha, Balogun «Tottenhem»ning ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi, biroq klub hali rasmiy taklif bilan chiqmagan. Ayni paytda barcha tomonlar muzokaralarni davom ettirmoqda.

Balogun 2025/26-yilgi mavsumda barcha musobaqalarni inobatga olganda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 19 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali hujumchining aktual transfer narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Monaco Monaco
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar