Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi prezidenti 2026/2027-yilgi mavsum starti oldidan futbolchilarga yuzlandi. Chorshanba, 12-avgust kuni, Parij klubi UYEFA Superkubogi uchun Angliyaning «Aston Villa» jamoasi bilan kuch sinashadi.
«Mavsum boshlanmoqda. U uzoq bo‘ladi — bizni oldinda xursandchilik lahzalari ham, qiyin davrlar ham kutib turibdi. Mavsumdan zavq oling va bir narsani yodda tuting: birga mehnat qiling, birga g‘alaba qozoning. Barchangiz birga. Siz maydonda ham, uning tashqarisida ham klub va Parijning vakilisiz», — deya mutsaddi so‘zlaridan iqtibos keltirdi RMC Sport.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Aston Villa» o‘rtasida o‘yin bugun, 12-avgust, Zalsburgdagi «Red Bull Arena» o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi