«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoasining Chempionlar Ligasida ketma-ket g‘alabalar soni bo‘yicha Madridning «Real» klubi natijasini takrorlash imkoniyatlariga baho berdi.
Eslatib o‘tamiz, «Real»ning rekordi — qatorasiga uchta sovrin. Parijliklar YECHLning oxirgi ikkita mavsumida zafar quchishdi.
«Biz qatorasiga uchinchi Chempionlar Ligasini yutib, «Real» bilan tenglashib olishimiz mumkin. Hozir oldimizga unikal vazifa qo‘yilgan. Menimcha, Yevropada bu g‘alabani bizdan ko‘ra ko‘proq xohlaydigan biror bir jamoa bo‘lmasa kerak», — deya Enrike so‘zlaridan iqtibos keltirdi The Touchline.
Eslatib o‘tamiz, 12-avgust kuni «PSJ» UYEFA Superkubogi doirasida «Aston Villa» bilan ro‘baro‘ keladi.