"Liverpul"ning yarimhimoyachisi Aleksis Makallister "Galatasaroy" nishoniga tushdi. Bu haqida Yeni Asir gazetasi xabar berdi.
Manbaga koʻra, Turkiya klubi argentinalik 27 yoshli futbolchi orqali tarkibni kuchaytirmoqchi. Klub hozirda ehtimoliy transfer shartlarini oʻrganishni boshlagan.
Shuningdek, "Manchester Siti" ham Aleksisning xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Oʻtgan mavsumda u "qizillar" tarkibida 55 ta oʻyin oʻtkazib, beshta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga koʻra, Makallisterning narxi 70 million yevroni tashkil etadi.