"Roma" himoyachi Nauel Molinani o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Argentinalik 28 yoshli futbolchi "bo'rilar" safida 20-raqam ostida to'p tepadi. Italiya futbolchining transferi uchun "Atletiko"ga 13 million yevro to'ladi. Shuningdek, 4 million yevro bonus ham sifatida shartnomaga kiritilgan.
"Roma" "Atletiko"dan Nauel Molinani doimiy ravishda o'z safiga qo'shib olganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi", — deyiladi klub bayonotida.
Nauel faoliyati davomida "Udineze" va "Atletiko" safida jami 249 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urgan.
Argentina milliy jamoasi tarkibida 65 ta o'yin o'tkazgan. U ikki bor jahon chempionatida ishtirok etgan va 2022 yil Qatardagi mundialda chempion bo'lgan. Shuningdek, Molina 2021 va 2024 yillarda Amerika Kubogida g'olib chiqqan.