"Real" hujumchisi Endrik faoliyatini boshqa jamoada ijara asosida davom ettirishi mumkin.
AS nashri xabar berishicha, braziliyalik 20 yoshli futbolchi muntazam ravishda maydonga tushish va yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoasini vaqtincha tark etish variantini jiddiy ko'rib chiqmoqda.
Futbolchiga "Roma" va "Aston Villa" jamoalari qiziqish bildirmoqda. Bu klublar Endrik bo'yicha "Real" bilan muzokaralarni boshlashga tayyor.
Ma'lumot uchun, u o'tgan mavsumni "Lion"da ijara asosida o'tkazib, 21 ta bellashuvda 8 ta gol urdi va 7 ta assist qayd etdi.