Live
10
O'zbek

"Chelsi" Enso Fernandesni 140 mln yevro evaziga sotishga tayyor

Futbol
9 avgust, 13:57
Fernandesga asosiy da'vogar sifatida "Manchester Siti" ko'rsatilmoqda.
"Chelsi" Enso Fernandesni 140 mln yevro evaziga sotishga tayyor
Фото: Getty Images

"Chelsi" yarimhimoyachisi Enso Fernandes bilan yozgi transferlar oynasida hayrlashishi mumkin.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati argentinalik 25 yoshli futbolchini 140 million yevro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

Fernandesga asosiy da'vogar sifatida "Manchester Siti" ko'rsatilmoqda. Manchesterliklar nafaqat Ensoni, balki "Chelsi"ning yana bir futbolchisi — himoyachi Malo Gyustoni ham o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda.

Qayd etilishicha, "shaharliklar" ushbu ikki futbolchi uchun jami 228 million yevro atrofida mablag' sarflashi mumkin.

Ma'lumot uchun, Fernandes London klubi safida barcha turnirlar doirasida 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta assistni qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar