"Komo" klubi "Chelsi"dan Trevo Chalobani o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Angliyalik 26 yoshli futbolchi Italiya klubi bilan 2031 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotiga ko'ra, "ko'klar" Chalobaning transferidan 30 million yevro oladi. Bundan tashqari, shartnomada yana 6 million yevro bonuslar ko'zda tutilgan.
Shuningdek, kelishuvga futbolchining keyingi transferi bilan bog'liq band ham kiritilgan. Agar "Komo" kelajakda Chalobani boshqa klubga sotsa, italiyaliklar transfer summasining bir qismini "Chelsi"ga to'lab beradi.
Ma'lumot uchun, Trevo "Chelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.