Live
9
O'zbek

Fabregas: "Men jamoa uchun sarflanayotgan mablag'larga e'tibor qaratmayman"

Futbol
9 avgust, 09:30
"Komо" bosh murabbiyi jamoaning tez sur'atlarda rivojlanayotgani haqida fikr bildirdi.
Fabregas: "Men jamoa uchun sarflanayotgan mablag'larga e'tibor qaratmayman"
Foto: Getty Images

"Komо" bosh murabbiyi Sesk Fabregas jamoaning tez sur'atlarda rivojlanayotgani haqida fikr bildirdi.

"Ha, "Komо" ko'p pul sarfladi. Biroq klubning rivojlanishi, ochig'ini aytganda, misli ko'rilmagan sur'atlarda kechdi.

"PSJ" yuzlab million yevro sarfladi va Chempionlar Ligasida g'olib chiqish uchun 15 yil kutdi. "Arsenal"ga esa APLda g'olib bo'lish uchun 7 yil kerak bo'ldi.

Men sarflangan mablag'larga emas, jamoa va har bir futbolchidan maksimal darajada foydalana olyapmizmi-yo'qmi, shunga ko'proq e'tibor qarataman.

Shuni ham hisobga olish kerakki, bizning maoshlar fondi unchalik katta emas. Ligada bizdan ko'ra maoshlar uchun ko'proq mablag' sarflaydigan 8 yoki 9 ta jamoa bor", — dedi Fabregas.

Avvalroq ispaniyalik mutaxassis yosh futbolchilarni tarbiyalashda Italiya futboliga bo'lgan ishonchi haqida gapirib o'tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar