Live
10
O'zbek

"Neftchi" Anvarjon Hojimirzayevni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
9 avgust, 10:33
Hojimirzayevning Samarqand klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar belgilangan.
"Neftchi" Anvarjon Hojimirzayevni o'z safiga qo'shib olmoqchi
Фото: Динамо ПФК

Superligada yozgi transfer oynasining so'nggi kunida amaldagi chempion "Neftchi" katta transferga qo'l urish ustida ishlamoqda.

Bu mavsum Superligada peshqadamlik qilayotgan va Elit Osiyo Chempionlar ligasida O'zbekiston sharafini himoya qiladigan Farg'ona klubi hujum chizig'ini chempionat to'purarlaridan biri Anvarjon Hojimirzayev bilan kuchaytirmoqchi. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi hujumchi bilan muzokaraga kirishgan, ammo uning hozircha "Dinamo"ni tark etish yoki etmasligi noma'lum. Hojimirzayevning Samarqand klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar belgilangan.

Ma'lumot uchun, Anvarjon Superliga 15-turida "Dinamo" - "Neftchi" (0:0) o'yinida jarohat olib, 16-turdagi "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmagandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yozgi transfer oynasi 8 iyulda boshlanib, 10 avgust kuni yakuniga yetadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar