"Liverpul" yarimhimoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Mett Tilen xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "shaharliklar" argentinalik xavbekning vakillari bilan bog'lanib, ehtimoliy transferni muhokama qilgan. Endilikda klub ham "qizillar" bilan aloqaga chiqib, Makallisterning vaziyatiga oydinlik kiritishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, "Manchester Siti" klubi "Barselona"ga o'tishi kutilayotgan Rodriga o'rinbosar sifatida Aleksisni kuzatmoqda.
Futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Uning mavsumlik maoshi taxminan 6 million yevroni tashkil etadi