"Manchester Siti" o‘rtoqlik o‘yini doirasida "Atletiko"ga qarshi maydonga tushdi.
Uchrashuvda manchesterliklar 3:1 hisobida zafar quchdi. Manchesterliklar safida gollarga Marmush (dubl) va Ait-Nuri mualliflik qilgan bo‘lsa, Madrid klubining yagona goli Dominges nomiga qayd etildi.
"Shaharliklar" safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bahsni oilaviy sabablarga ko‘ra o‘tkazib yubordi.
O‘rtoqlik o‘yinida.
9 avgust, Seul (Janubiy Koreya).
Manchester Siti — Atletiko 3:1
Gollar: Marmush 57, 59 (dubl), Ait-Nuri 90 — Dominges 43.
Manchester Siti — Donnarumma, Nunes, Reis, Dias, Gvardiol, Reynders, Kovachich, Savinio, Foden, Semenyo, Marmush.
Atletiko — Oblak, Dominges, Le Norman, Gantsko, Martinez, Yulmann, Vargas, Koke, Mendosa, Dominges, Lukman.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi