"Chelsi" vingeri Mixail Mudrik "Yuventus"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi (0:1)da maydonga tushdi.
Ukrainalik futbolchi zaxiradan o'yinga qo'shildi va taxminan 12 daqiqa maydonda harakat qildi. Qayd etish lozim, Mudrik doping sababli berilgan diskvalifikatsiyasi bekor qilinganidan so'ng bir necha kun avval mashg'ulotlarni qayta boshlagandi.
Shuningdek, Mixail so'nggi bor "Chelsi" safida 2024 yil 28 noyabr kuni Konferensiyalar Ligasi doirasidagi "Haydenhaym"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgandi. O'shanda ukrainalik futbolchi gol urgan va "aristokratlar"ga safarda 2:0 hisobida g'alaba qozonishga yordam bergan.
Shunday qilib, Mudrik 615 kundan so'ng yana londonliklar safida o'yin o'tkazdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi