Live
8
O'zbek

Anderson – «Manchester Siti»ning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Futbol
7 noyabr, 13:29
Anderson jamoadoshlari Erling Holand va yarim himoyachi Fil Fodenni ortda qoldirdi.
Anderson – «Manchester Siti»ning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
Фото: Getty Images

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Elliot Anderson jamoaning oktabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Angliyalik 24 yoshli futbolchi o‘tgan oyda olti uchrashuvda qatnashib, bir gol urdi va bir assist berdi. Muxlislar bergan ovozga ko‘ra, Anderson jamoadoshlari Erling Holand va yarim himoyachi Fil Fodenni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, Elliot o‘tgan yozda «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga 135 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan. Bu esa «o‘rmonchilar» tarixidagi eng qimmat sotilgan transfer hisoblanadi. Bu mavsumda «shaharliklar» safida barcha turnirlar doirasida 14 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar