Live
3
O'zbek

Holand ushbu mavsumda 17 ta o‘yinda 17 ta gol urdi

Futbol
5 noyabr, 03:30
Erling «Leypsig»ga qarshi uchrashuvda ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Holand ushbu mavsumda 17 ta o‘yinda 17 ta gol urdi
Foto: Manchester City
04.11.2026 FT Chempionlar ligasi Leypsig Leypsig 2 : 3 Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand ushbu mavsumda klub va milliy jamoa miqyosidagi gollari sonini 17 taga yetkazdi.

26 yoshli norvegiyalik futbolchi Chempionlar ligasining umumiy bosqichi 4-turida «Leypsig»ga qarshi uchrashuvda o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bu bahsda «shaharliklar» raqibini 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Holandning goliga Elliot Anderson assistentlik qildi. Shu tariqa, hujumchi joriy mavsumdagi sermahsul o‘yinlarini davom ettirmoqda.

Hozirga qadar Holand «Manchester Siti» safida barcha musobaqalar doirasida 13 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Shuningdek, u Norvegiya milliy jamoasi tarkibida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi. Umumiy hisobda futbolchi ushbu mavsumda 17 ta uchrashuvda 17 ta gol muallifiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar