Live
1
O'zbek

Arteta: "Biz har bir sovrin uchun kurashamiz — bu bizning maqsadimiz"

Futbol
5 avgust, 23:20
"Arsenal" bosh murabbiyi yangi mavsum uchun jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalar haqida fikr bildirdi.
Arteta: "Biz har bir sovrin uchun kurashamiz — bu bizning maqsadimiz"
Foto: Getty Images

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Betis"ga qarshi o'yin (1:3)dan so'ng yangi mavsum uchun jamoasi oldiga qo'yilgan vazifalar haqida fikr bildirdi.

"Biz har bir sovrin uchun kurashamiz — bu bizning maqsadimiz. Yoz davomida amalga oshirgan barcha ishlarim kelgusida ham g'alaba qozonishimiz uchun nimalar kerakligini aniqlashga qaratildi", — dedi Arteta Premier Sports nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum "to'pchilar" 22 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor APL chempioniga aylandi. Shuningdek, jamoa Chempionlar Ligasi hamda Angliya liga kubogi finaligacha yetib bordi, ammo hal qiluvchi bahslarda mos ravishda "PSJ" va "Manchester Siti"ga mag'lub bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Betis Betis
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar