"Real" rahbariyati futbolchi Vinisius Junior klub bilan hamkorligini davom ettirishiga ishonmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Kecha, 7 avgust kuni Vinisius va Madrid klubi futbolchining kelajagi yuzasidan muhim muzokaralar o'tkazdi. Samarali o'tgan muzokaralardan so'ng "Real" futbolchi yaqin vaqt ichida yangi shartnoma imzolashiga ishonmoqda.
Hozirda Vinisiusning amaldagi shartnomasi yana bir yilga mo'ljallangan. Qolaversa, braziliyalik vingerga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq "to'pchilar" Vinisius uchun "Real"ga qancha taklif qilgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi