Bugun
30
O'zbek

«Arsenal» Vinisius uchun «Real»ga qancha taklif qilgani ma’lum — The Athletic

Futbol
2 avgust, 01:44
Londonliklar Braziliya milliy jamoasi vingerini o‘z safiga qo‘shib olish uchun astoydil harakat qilmoqda.
«Arsenal» Vinisius uchun «Real»ga qancha taklif qilgani ma’lum — The Athletic
Foto: Getty Images

Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

«Arsenal» Braziliya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Vinisius Junior transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, London klubi madridliklarga 26 yoshli futbolchi uchun 10 million yevrogacha bonuslar bilan 135 million yevrolik rasmiy taklif yubordi. Qayd etilishicha, Vinisius ingliz klubi vakillari bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan va Madridni tark etish niyatini tasdiqlagan.

Vinisiusning «Real» bilan amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng tugaydi. Avvalroq tomonlar yangi bitim shartlari bo‘yicha kelishuvga erisha olmayotgani xabar qilingandi. Agar murosa ko‘chasi topilmasa, londonliklar braziliyalikni qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Vinisius «qaymoqranglilar» safida 2018-yildan buyon to‘p tepib keladi. O‘tgan davr mobaynida hujumchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 375 ta o‘yinda maydonga tushib, 128 ta gol urdi va 100 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Transfermarkt portali braziliyalik vingerning aktual transfer narxini 140 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar