Bu haqda jurnalist Migel Deleyni xabar bermoqda.
Londonning «Arsenal» klubi chap qanot himoyachisi Mayls Lyuis-Skelli yana "Manchester Yunayted"ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.
«Qizil iblislar» londonliklarning joriy transfer oynasida tarkibni kuchaytirish bo‘yicha ulkan rejalari haqida xabardor, shuning uchun poytaxt klubi o‘zining istiqbolli tarbiyalanuvchisini sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkinligini taxmin qilmoqda. «Arsenal» 19 yoshli inglizni tarkibida saqlab qolishni afzal ko‘radi, biroq Bruno Gimaraes va Vinisius Junior transferlari amalga oshsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin - har ikki braziliyalikning xaridi katta-summaga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, «MYU» avvalroq ham himoyachiga qiziqish bildirgan, ammo o‘shanda aniq ma’lumot berilmagan edi.
Transfermarkt portali Lyuis-Skellining aktual transfer narxini 45-million yevroga baholamoqda.