Bugun
30
O'zbek

«Barselona» transfer maqsadi uchun 80 mln yevro so‘rashmoqda

Futbol
1 avgust, 23:38
Bilbaoning «Atletik» klubi markaziy himoyachisi Emerik Laport Kataloniyaga ko‘chib o‘tishi qiyinlashmoqda.
«Barselona» transfer maqsadi uchun 80 mln yevro so‘rashmoqda
Foto: Getty Images

Bu haqda Diario AS nashri xabar berdi.

Bilbaoliklar 32 yoshli futbolchisini qo‘yib yuborishni istamayapti, shuning uchun uning transferi evaziga katta narx belgilagan – 80 mln yevro. «Barselona» jahon chempionatidan keyin tajribali himoyachi transferini amalga oshirishni niyat qilgandi, biroq e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratishiga to‘g‘ri keladi chog‘i.

Avvalroq Emerik Laportning «Atletik» bilan shartnomasidagi tovon puli 15 mln yevrodan ko‘p emasligi ta’kidlangandi, biroq basklar klubida bu ma’lumotni inkor etishdi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan oyda Laport Ispaniya milliy jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Bugungi yangiliklar