Bugun
30
O'zbek

«Atletiko» Kiyezani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rgan

Futbol
2 avgust, 00:54
Madridliklar «Liverpul» vingeri bilan o‘z tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan edi.
«Atletiko» Kiyezani o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rgan
Foto: Getty Images

Bu haqda fransuz jurnalisti Valanten Fayet xabar bermoqda.

Madridning «Atletiko» klubi «Liverpul» qanot hujumchisi Federiko Kiyezani o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqqan edi.

Yozgi transfer oynasida «matraschilar»ning diqqat markazida bo‘lgan futbolchiga, shuningdek, A Seriya vakillari ham qiziqish bildirgan. Variantlar mavjudligiga qaramay, 28 yoshli futbolchi Angliyada qolishni va «qizillar»ning yangi murabbiyi Andoni Iraola qo‘l ostida o‘zini sinab ko‘rishni ma’qul ko‘rgan.

Ma’lumot uchun, Federiko Kiyezaning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda futbolchi 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar