Live
1
O'zbek

«Liverpul» va «Arsenal»ga Maksimiliano Arauxo taklif qilindi

Futbol
1 avgust, 05:43
«Sporting» urugvaylik himoyachi uchun kamida 60,2 million yevro so‘ramoqda.
«Liverpul» va «Arsenal»ga Maksimiliano Arauxo taklif qilindi
Foto: Getty Images

«Sporting»ning chap qanot himoyachisi Maksimiliano Arauxo «Liverpul» va «Arsenal»ga taklif qilindi.

The Sun xabariga ko‘ra, Portugaliya klubi 26 yoshli urugvaylik futbolchi transferidan kamida 51,5 million funt sterling (taxminan 60,2 million yevro) ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, har ikki Angliya klubi ehtimoliy transferni o‘rganmoqda. Shu bilan birga, «Sporting» Arauxoning o‘rnini bosadigan futbolchini qidirishni boshlab yuborgan.

Ma’lumot uchun, Maksimiliano Arauxo o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Sporting» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchini 40 million yevroga baholaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Liverpul Liverpul
  • Sporting CP Sporting CP
Bugungi yangiliklar