«Real» vingeri Vinisius Juniorning «Arsenal»ga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi.
Jurnalist Ramon Alvares de Monning ma’lum qilishicha, futbolchining atrofidagilar London klubi bilan hech qanday kelishuv bo‘lmaganini rad etgan.
Avvalroq OAV «Arsenal» 26 yoshli braziliyalik uchun 105 million funt sterling (taxminan 123 million yevro) taklif qilishga tayyorligi haqida yozgandi. Biroq «Real» futbolchini qo‘yib yuborish uchun qariyb 137 million funt (160 million yevro) talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yildan buyon «Real» safida to‘p tepmoqda. U Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 375 ta uchrashuvda maydonga tushib, 128 ta gol urgan va 100 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 140 million yevroga baholaydi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi