Italiya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Alessandro Kostakurta jamoadoshi Franko Barezining o‘limiga munosabat bildirdi.
Kostakurta va Berezi "Milan"da 10-yil birga o‘ynashdi va 17 ta sovrinni qo‘lga kiritishdi (shu jumladan uchta Yevropa chempionlar kubogi).
Sky Sport jonli efirida Alessandro o‘zining «Milan» va milliy jamoadagi sobiq jamoadoshi hamda qalin do‘stini esladi.
1994-yil Kostakurta Bolgariyaga qarshi yarimfinalda sariq kartochka evaziga diskvalifikatsiya qilingan va Italiya va Braziliya o‘rtasidagi mundial finalida maydonga tusha olmagan, 24 kun oldin jiddiy jarohat olganiga qaramay, Berezi uning o‘rnida o‘ynaganini eslamaslik mumkin emas.
«Tarixdagi eng zo‘r himoyachining o‘yini. O‘sha sariq kartochkasiz u maydonga tushmagan bo‘lardi. Franko yoki Maldini hech qachon «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmagani adolatdan emas.
Barezi mahoratli edi, uning himoyadagi o‘yini futbol tarixiga kirdi», - dedi Kostakurta.