«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Mixailo Mudrik haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Avvalroq ukrainalikning doping uchun diskvalifikatsiyasi bekor qilingani haqida xabar bergandik.
«Men uni «Shaxtyor»da o‘ynaganidayoq kuzatganimni eslayman. U qanday ta’sir ko‘rsatgani, yakkama-yakka vaziyatlarda qanchalik foydali bo‘la olishi yodimda. U yolg‘iz o‘zi ko‘plab xavfli lahzalarni yaratishi mumkin edi. Bu o‘ziga xos o‘yinchi. To‘g‘risini aytsam, biz bunday yaxshi xabarni aynan hozir olishni kutmagandik, lekin xursandmiz», - deya Alonsoning so‘zlaridan iqtibos keltirdi jurnalist Nizaar Kinsella.

Ma’lumot uchun, ukrainalik vinger oxirgi marta 2024-yilning noyabrida «Chelsi» futbolkasida rasmiy o‘yinda maydonga tushgan edi.