Live
1
O'zbek

«Chelsi» Chavarriya uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Futbol
1 avgust, 11:00
Himoyachi London klubi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olgan.
«Chelsi» Chavarriya uchun yangi taklif tayyorlamoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Rayo Valyekano» himoyachisi Pep Chavarriyani transfer qilish bo‘yicha yangi taklif bilan chiqishga tayyor.

Marca xabariga ko‘ra, London klubi 28 yoshli futbolchi uchun bonuslarni ham qo‘shgan holda qariyb 25 million yevro taklif qiladi.

Biroq «Rayo Valyekano» ushbu summaning to‘liq 25 million yevrosi kafolatlangan to‘lov bo‘lishini, bonuslar esa alohida ko‘rib chiqilishini talab qilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Chavarriyaning o‘zi allaqachon «Chelsi» bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan va endi klublarning transfer borasida murosaga kelishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Pep Chavarriya o‘tgan mavsum La Ligada 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar