Live
1
O'zbek

«Chelsi» Joao Pedro bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
1 avgust, 10:00
London klubi braziliyalik hujumchini uzoq muddatga saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
«Chelsi» Joao Pedro bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

«Chelsi» hujumchi Joao Pedro bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

The Athletic xabariga ko‘ra, London klubi rahbariyati 24 yoshli braziliyalik futbolchiga yangi bitim taklif qiladi. Qizig‘i, uning amaldagi shartnomasi allaqachon 2033 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Joau Pedro 2025 yil iyul oyida «Brayton»dan «Chelsi» safiga kelib qo‘shilgan. Shundan buyon u «ko‘klar» safida 53 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt Pedroning bozor qiymatini 80 million yevroga baholaydi. Braziliyalik hujumchi faoliyati davomida «Fluminense» va «Uotford» klublarida ham to‘p tepgan hamda Braziliya milliy jamoasi safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar