Live
1
O'zbek

«Tottenhem» o‘rtoqlik bahsida «Chelsi»ni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi

Futbol
1 avgust, 08:23
Risharlisonning qo‘shib berilgan vaqtdagi goli «shporlar»ga g‘alaba keltirdi.
«Tottenhem» o‘rtoqlik bahsida «Chelsi»ni so‘nggi daqiqalarda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images

Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida «Tottenhem» «Chelsi»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvda hisob 17-daqiqada Sandro Tonalining goli bilan ochildi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib Estevao muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida, 49-daqiqada «Tottenhem» himoyachisi Kevin Danso qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, «Tottenhem» g‘alabani ilib ketdi. Qo‘shib berilgan 90+2-daqiqada Risharlison raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

O‘rtoqlik bahsi
Chelsi - Tottenhem 1:2
Gollar:
Tonali 17 (0:1), Estevao 21 (1:1), Risharlison 90+2 (1:2).
Chetlatish: Kevin Danso 49 («Tottenhem»).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar