Live
2
O'zbek

«Inter» Romero uchun «Tottenhem»ga qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi

Futbol
1 avgust, 13:58
Milan klubi argentinalik markaziy himoyachi transferini iojiy yakunlashga tobora yaqinlashmoqda.
«Inter» Romero uchun «Tottenhem»ga qancha to‘lashi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Milanning «Inter» klubi «Tottenhem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroning transferini yakunlashga yaqin turibdi.

Klublar argentinalik futbolchining transfer shartlari bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. ESPN Argentina xabariga ko‘ra, «Neradzurri» 28 yoshli futbolchi uchun londonliklarga taxminan 40 million yevro to‘laydi.

Futbolchining o‘zi hali ko‘chishga yakuniy rozilik bermagan, ammo ma’lumotlarga ko‘ra, u transfer amalga oshishi uchun maosh talablarini pasaytirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Kristian Romero 2021-yildan buyon «Tottenhem» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu davr mobaynida futbolchi umumiy hisobda 156 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golga uzatma berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar