Honkongda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsida Angliya vitse-chempioni «Manchester Siti» va Italiya chempioni «Inter» o‘zaro to‘qnash keldi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, penaltilar seriyasida milanliklar 3:1 hisobida ustun keldi.
Hisobni 15-daqiqada «Manchester Siti» hujumchisi Diven Mubama ochdi. Oradan besh daqiqa o‘tib Benjamen Pavar muvozanatni tiklab, uchrashuvdagi yakuniy hisobni asosiy vaqtda o‘rnatdi.
Penaltilar seriyasida esa omad «Inter» tomonida bo‘ldi va Italiya chempioni 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘rtoqlik bahsi
Manchester Siti - Inter 1:1 (penaltilar seriyasi – 1:3)
Gollar: Mubama 15 (1:0), Pavar 20 (1:1).
Manchester Siti: Donnarumma, Lyuis, Husanov, Gvardiol, Mfuni, Kovachich, Reynders, Semenyo, Foden, Savinio, Mubama.
Inter: Xosep Martines, Pavar, Bishshek, Karlos, Diuf, Barella, Stankovich, Mxitaryan, Dimarko, Espozito, Iddrissu.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi