Live
2
O'zbek

«Tottenhem» himoyachisiga qizil kartochka olish uchun 3 daqiqa yetarli bo‘ldi

Futbol
1 avgust, 15:29
Yevropa top chempionatlari vakillari yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
«Tottenhem» himoyachisiga qizil kartochka olish uchun 3 daqiqa yetarli bo‘ldi
Foto: Getty Images

Ushbu tayyorgarlik davomida «Chelsi» va «Tottenhem» 1-avgust kuni nazorat bahsida ro‘baro‘ keldi.

O‘yinning 17-daqiqasida «Tottenhem»ning yangi a’zosi Sandro Tonali offsayd chizig‘ini yaxshi his qila oldi va gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. «Chelsi» 4 daqiqadan so‘ng muvozanatni tikladi, golga Estevao mualliflik qildi.

Tanaffusdan keyinoq londonliklar tarkibida avstriyalik himoyachi Kevin Danso maydonga tushdi. 3 daqiqadan so‘ng u Joao Pedroni katta tezlikda maydonga qulashiga sababchi bo‘ldi va qizil kartochkaga loyiq ko‘rildi.

Qayd etish joizki, o‘yindan chetlatilish Roberto de Zerbi shogirdlariga xalaqit bermadi va uchrashuv 2:1 hisobida Londonning "Tottenhem" jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. G‘alaba golini 90+2-daqiqada Risharlison urib ketdi.

Bugungi yangiliklar