Live
1
O'zbek

Arteta Alvaresning ehtimoliy transferi haqida: «Biz bu masalada faol ish olib boryapmiz»

Futbol
2 avgust, 03:25
Londonliklar ustozi «Atletiko»ning argentinalik hujumchisining ehtimoliy transferi haqidagi savolga umumiy javob berdi.
Arteta Alvaresning ehtimoliy transferi haqida: «Biz bu masalada faol ish olib boryapmiz»
Foto: Getty Images

«Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta «Atletiko» forvardi Xulian Alvaresning ehtimoliy transferi istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.

«Men bizning klub a’zosi bo‘lmagan futbolchi haqida gapirmayman. Hozir bor tarkibimizdan juda ham mamnunman. Va albatta, biz uni yanada kuchliroq bo‘lishini istaymiz, bu borada faol ish olib boryapmiz ham», — deya Arteta so‘zlaridan iqtibos keltirdi Goal.com.

Avvalroq «Arsenal» bir guruh klublar qatorida Xulian Alvares transferiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi. OAV londonliklar argentinalik hujumchini shvetsiyalik Viktor Gokereshga alishish va qo‘shimcha pul ham to‘lab berishga tayyorligi haqida ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» 2024-yil yozida 26 yoshli argentinalikni «Manchester Siti»dan 75 mln yevro evaziga sotib olgandi. 2025/2026-yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarni inobatga olganda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma yetkazib berdi. Futbolchining madridliklar bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnomasi bor.

Transfermarkt portali Alvaresning aktual transfer narxini 120 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar